Yangi yil bayrami kunlari telekanallar ba’zi filmlarni qayta va qayta qo‘yadi. Ba’zida hatto bir necha telekanal bir filmni bir vaqtda ko‘rsatadi. Shuning uchun deyarli hamma bu kinolar haqida barchasini biladigandek. Aslida-chi? Testimizni yechib ko‘ring.
O‘zbekiston 2025-yilni qor bilan kutib oladimi? O‘zi bizda qaysi yillar qor bilan kuzatilgan? Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun bayramoldi ob-havo sharhini tayyorladi hamda Yangi yil bayrami qachon qor bilan o‘tganini Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Urganch shaharlari misolida ko‘rsatib berdi.
Toshkentdagi Forumlar saroyida “Prezident archasi” bo‘lib o‘tdi. Unda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ota-ona qaramog‘isiz qolgan va nogironligi bo‘lgan bolajonlar uchun bayram dasturi namoyish etildi.
Toshkentdagi bir qator bozorlar hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi. Dam olish kunlari hududda madaniy dasturlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilmoqda. Manzillar.
Prezident farmoni bilan 2024-yil 2-yanvar qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi. Shunga ko‘ra, Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun (30-dekabr — 2-yanvar) dam oladi.
Yangi yil kechasi faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi −2…+3, kunduzi +2…+7 darajagacha iliydi.
Toshkent 2023 yilni kutib olishga tayyor. Bezatilgan archalar, yarmarkalar, rango-rang chiroqlarga burkangan daraxtlar, do‘kon va ofislarning o‘zgacha bezatilgani — bayramona kayfiyat ulashmoqda. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Madina A’zam shahardagi muhitni o‘z kamerasi obyektiviga muhrladi.
“Toshshahartransxizmat” poytaxtda 31-dekabr — Yangi yil bayrami kuni avtobuslar soat 00:00 gacha harakatlanishini ma’lum qildi. Qolaversa, 2-yanvarda yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, 3-yanvarda esa shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.
«O‘zgidromet» markazi direktori Sherzod Xabibullayev Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Yangi yil bayrami kechasi qor yog‘ishi mumkinligini ma’lum qildi. Yangi yilning ilk kunida esa vodiy viloyatlarida qor yog‘adi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yangi yil bayram tadbirlari 25-dekabrdan 10-yanvargacha qadar madaniyat va istirohat bog‘larida hamda markaziy maydonlarda o‘tkaziladi. Shuningdek, 10 ming nafarga yaqin bolaga “Prezident sovg‘asi” taqdim etish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev Yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammo bo‘lmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bayramda elektrga bo‘lgan talab pasayadi, chunki bu paytda qator obyektlar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting